?

Log in

MUHIT IKKI XIL GAPIRTIRADI - Fikringiz o'zgarishiga ishonmayman! [entries|archive|friends|userinfo]
murodi_kalon

[ userinfo | livejournal userinfo ]
[ archive | journal archive ]

MUHIT IKKI XIL GAPIRTIRADI [Feb. 27th, 2012|04:07 pm]
murodi_kalon
[Tags|, , , , ]
[Current Location |Toshkent, Muqimiy 178-uy]
[Current Mood |Qitmir]
[Current Music |Jenifer Lopez feat Pitbul - On the floor]

Ular Odnoda ko'p uchraydi

Muhrim A’zamxo’jayevning «Muhrim ikki xil gapiradi» postini o’qib…
Yaqinda O’zbek bloggerlar sahifasida Muhrim A’zamxo’jayevning «Muhrim ikki xil gapiradi» nomi ostida posti chiqdi. Men ham ushbu postni o’qib chiqdim. Unda ko’tarilgan mavzu bugungi intermet, aniqrog’i ijtimoiy tarmoqlarning bugungi holati haqida gap borgan. Maqolaning ko’p joylariga qo’shilish mumkin. Lekin shaxsan men Muhrim ko’targan ijtimoiy tarmoqning o’zini ayblashdan ko’ra uning ichidagi foydalanuvchilari, muhit sabab shu holatga tushgan deb hisoblayman. Ya’ni menga Muhrim yozgan post tarmoqlarning o’zidagi noqulayliklar sabab «yaroqsiz» ta’rifini olgandek tuyuldi.
Shu boisdan ham Muhrim yozgan postda baribir nisbiylik bor, deb hisoblayman. Tushuntirishga harakat qilaman...
Har qanday joy har qanday muhitni insonlarning o’zi yaratadi, yoki o’zgartiradi. Amerika o’zidan-o’zi bu darajada rivojlanib ketmagan. Yevropaning o’ta ziyoli qatlami ko’chib borishi (Afrika qullari faqat qora mehnatga ishlatilganini sizga eslatish shartmas, fahmimcha) natijasida ilm-fan rivojlangan. Keyin boshqa sohalar. Natijada 500 yil muqaddam dunyo xaritasida bo’lmagan bugungi kunda dunyoning birinchi raqamli davlat sanaldi (qanchalik yoqimsiz bu so’zlarni yozish men uchun). Ya’ni odamalar, yangi muhit sabab bu evolyutsion o’zgarishlar kuzatilgan…

Agar ertaga o’sha odnoklassnikidagilar ommaviy ravishda Facebook toki Twitterdan foydalanishni boshashsa, facebookda «yaxshi bola» bo’lib qolishmasa, tarmoqning «odob»ini hurmat qilib o’tirmasa kerak. O’shanda bu tarmoqlarning texnik tomonlama, dizayn tomonlama qulayligi qolishi mumkin, faqat...

  • LIRIK CHEKINISH
  • Mavzu doirasida hikoya:
  • Bir oilaning farzandi, o’g’li ayolsifat bo’lib tug’ilgan ekan, ha o’sha siz tushungandek, xullas... Uyida ayollarga xos ishlarni ayollarga xos harakatlarni qilarkan. Mahalladagi «dugona»lari ham faqat qizlar bo’larkan.
  • Buni ko’rgan er-xotin maslahat so’rab keksa bir kishini oldiga borishibdi.
  • — O’g’lim ayolmijoz, tikish bichish qilib o’tiradi, umuman hamma ishi ayollarga xos degan ekan.
  • — Bunga balki atrofidagilar sabab bo’lgandir. O’g’il bolalar bilan aloqasi kamdir. Ma’lum vaqt, badjahl juda qo’pol erkaklar yotgan zindonga qamab qo’yish kerak, debdi, nuroniy.
  • Shunday ham qilishibdi. Bolani eng og’ir jinoyatlar bilan qamalgan erkaklar orasiga tashlashibdi. Oradan ma’lum vaqt (Qirq kun edi adashmasam, mayli bu muhimmas) o’tgach o’sha qirqtacha qahri qattiq kallakesar erkaklar yotgan zindonni ochib boyagi bolani ko’rishmoqchi bo’lishibdi. Zindonni ochib qarashsa o’sha kallakesar bo’lib tanilgan zindonbandlarning hammasi tikish-bichish qilib o’tirgan ekan...
Bu bir hikoya albatta lekin bunday hikoyalar, butun boshli podani bitta shirriq ho’kiz buzushi haqidagi maqollar, bejizga yaratilmagan, og’izdan og’izga ko’chmagan.
Xullas Odnoklassniki yoki Facebookning qaysi biri bugungi kun uchun idealligi, undagi foydalanuvchilarga ham ko’p tarafdan bog’liq. Yillar (1-2 balki 3) o’tgach kimdir Facebook bir paytlari ancha madaniyatli sayt edi, deyishi, musafforoq, yangiroq, chiroyliroq bo’lardi demasligiga kafolat berib bo’maydi.
Har bir yangilikning yetib borishi birinchi navbatda unga chanqoqlarda ko’zga tashlanadi. Aynan ular targ’botida keraksiz deb qaraladiganlar uchun ham «yeyiladi». Ya’ni facebook bizda kam (kech) tarqalgan. Odnoklassniki esa ko’proq (ertaroq). Bunga birinchi sabab esa saytning geografiyasi. Odnoklassniki bizga yaqin hududlarni o’z ichiga olgan asosan. Ya’ni odnoni izlab topish uchun oddiy ishchi rossiyaga (masalan) borib kelsa kifoya qilgan. Facebookni targ’ib qilgan, birinchi bo’lib eshitgan birinchi o’zbek esa ziyoli bo’lgan tabiiyki. U ham o’zining «krugiga» tarqatgan. Oddiy ishchi o’zining «krugi»ga. Xuddiki bu, Rossiyada prezident saylovi bo’lishini oddiy o’zbekistonlik bilishi mumkin, lekin AQSHning Erondan «xavfsirab» qilayotgan ishlarini bilishga u qodir emasligidek gap. Ko’ryapsizmi aslida muammoning asl sababi butunlay boshqa joyda.
Umuman Facebookda ham shunaqa odob qoidalarini buzishi mumkin bo’lgan musaffoligini titadigan chiroyini buzadigan auditoriya — kruglar bo’lishi katta ehtimol. Biroq foydalanuvchining juda ko’pligi evaziga sifatni ajratib olish imkoniyati bor. Ya’ni AQSHdagi auditoriyaning hammasini ham bilavermaymiz.
Hindiston juda kambag’al davlatdek ko’rinadi. Aslida foiz hisobiga olganda ularning 10% aholisi qashshoq sanalar ekan. Bu — 114 mln odam degani. O’zbekiston aholisidan deyarli 4 (!) marta ko’proq degani. O’sha sababdan ham bu ko’rsatkich ko’p bo’lib ko’rinadi. 1 mlrd aholining boy yashayotgani ko’rinmay qoladi, chetdan kuzatuvchiga...

P. S. Albatta bu mening shaxsiy fiklarim. Shaxsan menga ham Odnoklassniki ijtimoiy tarmog’ining bugungi ko’rinishi yoqmaydi shuning uchun ham u yerni «Selena Gomez va Po’lat Alemdar (Kimdir Krishtianu Ronaldu, yoki qaysidir modelyerni shu o’rinda ishlatar) fotogalereyasi» deb atayman, o’zimcha. Ko’proq Facebookka kiraman. Ko’proq Twitterda yozaman. Lekin bunda Odnoklassniki ijtimoiy tarmog’ini emas ko’proq muhit, undagi odamlarni ayblayman.
murodikalon@gmail.com           
LinkReply